RavnaqAI hali yangi. Sizning fikringizga muhtojmiz. Birinchi 10 biznes egasi 3 oy mobaynida bepul foydalanadi — evaziga faqat halol fikr-mulohaza so'raymiz.
Telegram orqali 1 daqiqada ro'yxatdan o'ting — hech qanday to'lov talab qilinmaydi
NIMA KIRADI
Cheksiz fayl yuklash
Bepul 1 oy
AI Maslahatchi
Savollaringizga javob beradi
To'liq dashboard
Daromad, mahsulot, prognoz
To'g'ridan-to'g'ri aloqa
Asoschi bilan Telegram orqali
Ma'lumotlaringiz saqlanmaydi
O'zbekistonda yaratilgan
7 / 10 joy qoldi
FAQ
Ko'p so'raladigan savollar
Boshlashdan oldin bilib oling.
Hali savolingiz bormi? Ma'lumot yuklashdan oldin biz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Narx va reja
DEMO, BUSINESS va PRO orasidagi farq nima?
Narxlar tez orada e'lon qilinadi.
Hozir RavnaqAI ilk foydalanuvchilar bilan ishlamoqda va imkoniyatlarni bepul sinab ko'rish mumkin.
Kerak bo'lmasa bekor qilsam bo'ladimi?
Ha, hech qanday jarima yo'q. Sozlamalar sahifasidan bir tugma
bilan to'xtatiladi. Keyingi to'lov olinmaydi.
Xavfsizlik
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Ha. Fayllaringiz serverda saqlanmaydi — faqat sessiya davomida
ishlatilib, so'ng o'chiriladi. SSL shifrlash bilan uzatiladi. Hech kim boshqasining ma'lumotini ko'rmaydi.
Raqobatchilarim mening ma'lumotlarimni ko'ra oladimi?
Yo'q, mutlaqo. Har bir foydalanuvchi ma'lumotlari alohida
izolyatsiya qilingan — texnik va siyosat jihatdan kafolatlanadi.
AI Maslahatchi
AI Maslahatchi haqiqatan foydali javob bera oladimi?
"Nega mart oyida daromad tushdi?" deb so'rasangiz — tizim
mahsulotlar, haftalar va kategoriyalar bo'yicha tahlil qilib, aniq sabab va tavsiya beradi. Ko'pchilik
do'kon egalari birinchi savoldanoq foydali ma'lumot olishadi.
Telefonda ham ishlaydi?
Ha. Brauzerdagi har qanday qurilmada — kompyuter, telefon,
planshet. Maxsus ilova o'rnatish shart emas.
Boshlash oson
Excel yuklasam yetadimi?
Ha, bu juda oddiy. Faylni yuklang — tizim ustunlarni o'zi
ajratadi, dashboard tayyor bo'ladi. Ko'pchilik birinchi 3 daqiqada natija ko'radi.
Natijani qancha vaqtda ko'raman?
Bir necha soniyada. Fayl yuklanishi bilan tizim avtomatik tahlil
boshlaydi. Birinchi sessiyadanoq foydali ma'lumot olasiz.
Fayl va moslik
1C yoki boshqa dasturdan eksport qilgan fayl ham
ishlaydimi?
Ha. 1C, Excel (.xlsx, .xls), CSV — barchasi qabul qilinadi. Ustun
nomlari o'zbek, rus yoki ingliz tilida bo'lishi muhim emas, tizim o'zi taniydi.
Ma'lumotlarim tartibsiz bo'lsa-chi?
Tashvishlanmang — bu ko'p uchraydi. Aralash format, bo'sh satrlar,
turli sana ko'rinishlari bo'lsa ham tizim imkon qadar avtomatik to'g'rilaydi va muammo bo'lsa xabar beradi.
Savollaringiz qoldimi? Bepul demo bilan ko'ring.
Birinchi natijani hozir ko'ring
Excel yuklaysiz, tizim asosiy signalni soniyalarda chiqaradi.